Navbatdagi Yevropa ittifoqi-Turkiya sammiti 7-mart kuni o’tqaziladi

Yevropa parlamentida nutq so’zlagan Tusk, muhojirlar muammosini hal qilish uchun Turkiya bilan 7-mart kuni maxsus sammit o’tqazajaklarini ifodaladi.

439385
Navbatdagi Yevropa ittifoqi-Turkiya sammiti 7-mart kuni o’tqaziladi

Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk, Yevropa ittifoqi-Turkiya sammitining 7-mart kuni o'tqazilajagini aytdi.

Yevropa parlamentida nutq so'zlagan Tusk, muhojirlar muammosini hal qilish uchun Turkiya bilan 7-mart kuni maxsus sammit o'tqazajaklarini ifodaladi.

Yevropa ittifoqining Turkiya bilan sammit o'tqazish qarori 18-19-fevraldagi Yevropa ittifoqi liderlar sammiti chog'ida qabul qilingan edi lekin qaysi kuni o'tqazilishi haqida esa biron bir ma'lumot yo'q edi.

Turkiya bilan Yevropa ittifoqi o'rtasidagi oxirgi sammit 29-noyabr kuni bo'lib o'tgan.

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li ishtirok etgan bu sammitda, yangi mavzular ochilib Yevropa ittifoqiga a'zolik muzokaralari takror kun tartibiga olib chiqilgan edi. Shuningdek viza erkinligi to'g'risidagi jarayonning tezlashtirilishi va Yevropa ittifoqining Turkiyadagi suriyalik muhojirlar uchun boshlang'ich sifatida 3 milliard yevrolik yordam ko'rsatilishi haqida ham qaror qabul qilingan edi.

Davuto'g'li o'tgan hafta Yevropa ittifoqi Liderlar sammiti doirasida o'tqaziladigan Hamfikr davlatlar yig'ilishida ishtirok etish maqsadida Bryusselga ketayotgan edi lekin Anqaradagi terror hujumi tufayli Janob Davuto'g'lining bu ziyorati bekor qilgan.

Hamfikr davlatlar yig'ilishida Germaniya, Avstriya, Belgiya, Finlyandiya, Frantsiya, Gollandiya, Shvetsiya, Lyuksemburg, Sloveniya, Portugaliya va Gretsiya liderlari ham ishtirok etar edi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa ittifoqi , #Turkiya , #maxsus sammit

Aloqador xabarlar