Turkiya, DEAShga qarshi, yakka o’zi kurashmoqchi emas

Mevlut Chavusho'g'li italiyalik kasbdoshi Paolo Gentiloni bilan birga, jurnalistlarning savoliga javob berdi.

437329
Turkiya, DEAShga qarshi, yakka o’zi kurashmoqchi emas

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li, Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentiloni bilan o'tqazgan o'zaro uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumani chog'ida jurnalistlarning savoliga javob berdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li, “Turkiya bilan Saudiya Arabiston, Suriyaga qarshi quriqlikdan harbiy amaliyot o'tqazishi mumkinmi? degan savolga qarshi, bu mavzuda jiddiy manipulyatsiya borligini ta'kidladi.

Iroq va Suriyadagi DEASh terror tashkilotiga qarshi dunyoning 65 davlati bilan koalitsiya tuzganliklarini eslatgan Chavusho'g'li, har bir yig'ilishda DEAShga qarshi ta'sirli kurashning qanday olib borilishi kerakligini baholaganliklarini ham qo'shimchaladi.

Shuningdek Chavusho'g'li, ilk yig'ilishlardan beri havo hujumining yetarli bo'lmasligini, havo hujumi bilan birgalikda quriqlikdan ham kurash olib borilishi kerakligini va buni butun koalitsiya a'zolari bilan birgalikda amalga oshirilishi shartligini aytganliklarini eslatgan holda, Turkiyaning hech qachon, o'z boshiga yoki bir davlat bilan birgalikda, ikki davlat olaroq Suriyaga qarshi quriqlikdan harbiy amaliyot olib bormasligini ham ifodaladi.

Italiya Tashqi ishlar vaziri Gentiloni ham bu mavzu haqida Janob Chavusho'g'li bilan hamfikr ekanligini aytdi.

DEAShga qarshi kurashish maqsadida koalitsiya tuzildi. Shunday ekan DEAShga qarshi koalitsiaga a'zo davlatlar, birgalikda kurash olib borishi shart ekanligini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar