Bugun Turkiya vazirlar kengashi favqulodda to'planadi

Prezidentlik saroyida bo'lib o'tadigan yig'ilishda terrorizmga qarshi kurash jarayoni muhokama qilinadi.

437056
Bugun Turkiya vazirlar kengashi favqulodda to'planadi

Bugun Turkiya vazirlar kengashi favqulodda to'planadi.

Yig'ilishga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an rahbarlik qiladi.

Prezidentlik saroyida bo'lib o'tadigan yig'ilishda terrorizmga qarshi kurash jarayoni muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Ankaradagi qonli terror hujumi yuzasidan olib borilgan tergov jarayoni va olinadigan yangi chora-tadbirlar muhokama qilinadi.

PYD-YPG terror tashkilotlari va Suriyadagi barcha qurolli ekstremist guruhlarga qarshi Turkiyaning siyosati hamda yangi rejalar ustida bosh qotiriladi.

Xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquq doirasida yuritilgan siyosiy say-harakatlar ko'zdan kechiriladi.

Qolaversa, Turkiyaning sharqida terror tashkiloti PKKga qarshi yuritilgan operatsiyalar ham muhokama qilinadi.

Suriyadagi vaziyat, iqtisodiyotdagi o'zgarishlar va Yevropa Ittifoqiga to'liq a'zo bo'lish yo'lidagi muzokara jarayoni ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.




Aloqador xabarlar