Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammiti o'tkazilishi rejalanmoqda

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel kelgusi oyda ittifoqqa a'zo 28 davlat ishtirokida favqulodda Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammiti o'tkazilishini bildirdi.

435636
Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammiti o'tkazilishi rejalanmoqda

Yevropa Ittifoqi mart oyida Turkiya bilan sammit o'tkazishni rejalamoqda.

Belgiyaning poytaxti Brusseldagi liderlar sammiti chog'ida matbuot anjumani o'tkazgan Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk Turkiyaning poytaxti Ankarada sodir bo'lgan kuchli portlashni qoraladi va Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

Donald Tusk Turkiya bilan noyabr oyida o'tkazilgan yig'ilishda ko'chmanchi masalasi bo'yicha “Mushtarak dastur rejasi” ustida kelishib olinganini eslatdi.

Buning ahamiyatiga to'xtalgan Donald Tusk Turkiya bilan ko'chmanchilar masalasi bo'yicha mart oyida yig'ilish o'tkazilishi rejalashtirilganini ma'lum qildi.

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel ham kelgusi oyda ittifoqqa a'zo 28 davlat ishtirokida favqulodda Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammiti o'tkazilishini bildirdi.

Turkiya bilan ittifoq o'rtasidagi so'ngi sammit o'tgan yili 29 noyabr kuni bo'lib o'tgan edi.

Sammitda yangi moddalar muhokama qilinib, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish yo'lidagi muzokaralarning unumdorligini oshirish va vizani bekor qilish jarayonini tezlashtirish to'g'risida qaror olingan edi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Turkiyadagi suriyalik ko'chmanchilar uchun ilk bosqichda 3 milliard evro moddiy yordam o'tkazishi qarorlashtirilgan edi.

Brusselda o'tkazilgan Yevropa Ittifoqi liderlar sammitida Ankaradagi qonli terror hujumini qoralash maqsadida mushtarak bildiruv tayyorlandi.

Bildiruvda quyidagilar o'rin oldi:

“Yevropa Ittifoqi liderlari sifatida Ankarada sodir bo'lgan qonli terror hujumini qattiq qoralaymiz. Qurbonlarning oila-a'zolariga taziya bildiramiz. Biz turk xalqini qo'llab quvvatlaymiz. Terror hujumi kim tomonidan yoki dunyoning qayerida sodir bo'lishidan qat'iy nazar qattiq qoralanadi. Yevropa Ittifoqi va bunga a'zo davlatlar hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashni yanada kuchaytiradi”.



Aloqador xabarlar