Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Ozarbayjonning Ganja shahriga safar qiladi

Prezident Erdogan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rahbarligida Turkiya-Ozarbayjon favqulodda strategik hamkorlik dasturining 5-yig'ilishi bo'lib o'tadi.

432429
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Ozarbayjonning Ganja shahriga safar qiladi
cumhurbaşkanı erdoğan turizimcilerle.jpg

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an joriy yilning 18 fevral kuni Ozarbayjonning Ganja shahriga safar qiladi.

Safari chog'ida Prezident Erdogan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rahbarligida Turkiya-Ozarbayjon favqulodda strategik hamkorlik dasturining 5-yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Mazkur yig'ilishda ikki davlat orasidagi o'zaro munosabatlar keng ko'lamli muhokama qilinadi va ikki davlat o'rasidagi iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha qator rejalar ustida bosh qotiriladi.

Shuningdek, yig'ilishda Tog'lik Qorabog' masalasi, mintaqaviy va xalqaro masalalarning ham muhokama qilinishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, rasmiy ziyorat chog'ida bir qator sohada hamkorlik shartnomalarining imzolanishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #Ganja , #rasmiy ziyorat

Aloqador xabarlar