Turkiya milliy xavfsizlik kengashi to'plandi

Turkiya milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishida terrorizmga qarshi kurash jarayoni muhokama qilindi.

425357
Turkiya milliy xavfsizlik kengashi to'plandi
10-11/Files/UploadedImages/5871746821bakanlarkurulu.jpg

Turkiya milliy xavfsizlik kengashi a'zolari Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an boshchiligida to'plandi.

6 soat davom etgan yig'ilishda, terrorizmga qarshi kurash jarayoni muhokama qilindi.

Mamlakatda terror ildizi quritilguncha, kurash davom etishi qayd etildi.

Bundan tashqari, Turkiyaning sharqida PKK terror tashkilotiga qarshi operatsiyalar paytida tinch aholining mol-mulkiga ziyon yetkazish holatlari uchramoqda.

Yuzaga kelgan moddiy va ma'naviy zararlar davlat tomonidan ta'minlanishiga doir chora ko'rilishi ma'lum qilindi.

Milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishida Suriyadagi o'zgarishlar ham muhokama qilindi.

Muholif guruhlar bilan suriyalik turkmanlarni qo'llab quvvatlash masalasi ko'zdan kechirildi.

Qo'shni davlat Suriyaning kelajagini tiklashda mavjud rejim, DAISh, PYD va YPG kabi ekstremist guruh va tashkilotlarning o'rin olishiga yo'l qo'ymaslik kerakligi tilga olindi.

Yig'ilishda ayni paytda, Rossiyaning Suriyadagi rejim bilan hamkorlikda yuritgan faoliyatlari muhokama qilinar ekan, Iroqdagi so'ngi vaziyat ham ko'zdan kechirildi.

Qolaversa, Yaqin sharq davlatlari va Shimoliy Afrikadagi vaziyat ham atroflicha muhokama qilindi.

Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o'rtasidagi ijobiy aloqalarga ham nazar tashlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xavfsizlik , #kengashi

Aloqador xabarlar