Davutog’lu:"Rossiya bilan Turkiyaning bir-biriga ehtiyoji bor"

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu televizion ko’rsatuvga tashrif buyurib, dolzarb mavzularga doir savollarga javob berdi.

397612
Davutog’lu:"Rossiya bilan Turkiyaning bir-biriga ehtiyoji bor"

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu televizion ko’rsatuvga tashrif buyurib, dolzarb mavzularga doir savollarga javob berdi.
Ahmet Davutog’lu avvalo Rossiya bilan Turkiya o’rtasida ro’y bergan hodisaga to’xtalib o’tdi.
U Rossiya bilan Turkiya o’rtasida yuzaga kelgan muammo yuzasidan, Turkiya iqtisodiyotining zararga uchrashini oldini olish maqsadida qanday chora-tadbirlar olinganini yaqinda ma’lum qilishini aytib o’tdi.
Turkiya-Rossiya aloqalariga diqqat qaratgan Davutog’lu, “Avvalo eksport, turizm kabi sohalar zararga uchradi va turk iqtisodiyotining bundan jiddiy ta’sirlanmasligi uchun bir qator chora-tadbirlar olindi”-dedi.
Davutog’lu, “Eksport va import muvozanati, turk investitorlarining Rossiyadagi faoliyatlari, bundan tashqari energiya sohasida moddiy zarar yuzaga keladigan bo’lsa bu ikki davlatga ham ta’sir ko’rsatadi” -dedi.
Rossiya Turkiyaga tabiiy gazni uzib qo’yish kabi xatoga yo’l qo’ymasligini bildirgan Bosh vazir, “Chunki, juda jiddiy o’zaro bitimlar imzolangan, xalqaro huquqdan kelib chiqqan o’zaro haq va huquqlarga egamiz. Lekin, har ehtimolga qarshi tayyor turishimiz kerak”-dedi.
Bosh vazir Davutog’lu, meva-sabzavotini eksport qilish uchun Turkiyaning dunyoda xalqaro bozor jihatidan qiyinchiligi yo’qligini tilga olib, “Rossiya olmasa boshqa davlatlarga sotamiz. Buning tadbirlarini olamiz. Bu mavzu bo’yicha rejamiz tayyor. Turkiyaga hech kim eshiklarini yopmaydi. Butun millatimiz o’zgarishlarni sokinlik bilan kuzatib borsin”-dedi.
Davutog’lu Turkiya-Rossiya munosabatlari osonlikcha inqirozga uchraydigan aloqalar emasligini va ikki davlatning bir-biriga ehtiyoji borligini tilga oldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar