Rossiya Turkiya mahsulotlari importini ta'qiqladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi iqtisodiy choralarni o’z ichiga olgan sanksiya qarorini imzoladi.

356459
Rossiya Turkiya mahsulotlari importini ta'qiqladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi iqtisodiy choralarni o’z ichiga olgan sanksiya qarorini imzoladi.
Mazkur qarorga ko’ra, Turkiya qonunlariga bo’y sungan ba’zi tashkilot va muassasalarning Rossiyada faoliyat ko’rsatishi ta’qiqlanar ekan, Turkiyadan import qilingan ba’zi mahsulotlarning importi vaqtinchalik to’xtatiladi yoki qat’iyan man qilinadi.
Rossiyada faoliyat ko’rsatgan shirkatlarning 2016 yilning 1 yanvar kunidan e’tiboran Turkiya fuqarolarini ishga olishi ta’qiqlandi.
Ushbu sanskiyalar hozirda Rossiyada mexnat qilgan Turkiya fuqarolariga taalluqli emas, faqatgina 2016 yilning 1 yanvar kunidan e’tiboran ishga olinganlarga tegishli ekani ma’lum qilindi.
Putin bundan tashqari, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida vizasiz sayohat qilishni 1 yanvardan e’tiboran bir tomonlama to’xtatish qarori oldi.
Shuningdek, Rossiyadagi sayyohlik shirkatlarining Turkiyaga sayohat uyushtirishi man qilindi.
Qolaversa, Rossiya va Turkiya o’rtasida amalga oshirilgan charter uchish ya’ni muntazam yo’lovchi safarlariga bog’liq bo’lmagan va ijaraga olingan samolyotlar bilan safar qilinishining to’xtatilishi va turk naqliyot firmalarining Rossiyadagi faoliyatlari bilan bir qatorda, Qoradengiz va Azak dengizida rus dengiz maydoniga kirgan turk dengiz transportlariga nisbatan tekshiruvlarning kuchaytirilishi qarorlashtirildi.
Bu sanksiyalar Rossiyada yashash uchun ruxsati bo’lgan turklar va Rossiyada yashagan turk diplomat va oilalariga taalluqli emas, yana qaysi tashkilot yoki shahslarning ushbu sanksiyalarga taalluqli emasligi kelgusi kunlarda ma’lum bo’ladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar