G-20 sammiti dunyo liderlarining tashrifi bilan boshlandi

Turkiya mezbonligida Antaliyada uyushtirilgan G-20 sammiti dunyo liderlarining tashrifi bilan boshlandi.

366215
G-20 sammiti dunyo liderlarining tashrifi bilan boshlandi

Turkiya mezbonligida Antaliyada uyushtirilgan G-20 sammiti dunyo liderlarining tashrifi bilan boshlandi.
Kutib olish marosimidan so’ng, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an, Amerika Prezidenti Barack Obama, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Saudiya Arabiston Qroli Salman Bin Abdulaziz Al Suud, Xitoy Davlat rahbari Shi Jinping, Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel, Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe, BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon bir muddat suhbatlashdi.
So’ngra, dunyo liderlari “Taraqqiyot va iqlim o’zgarishi” nomli anjumanga qatnashdi.
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu ham sammit doirasida Antaliyada edi.
Davutog’lu sammit doirasida Saudiya Arabiston Qroli Salman Bin Abdulaziz, Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk va Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel bilan uchrashadi.
Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda o’zaro aloqalar va mintaqaviy hamda global o’zgarishlar muhokama qilinadi. Bundan tashqari terrorizmga qarshi kurash, Suriyadagi ahvol va qochqinlar masalasi muhokama qilinadi.
Ahmet Davutog’lu o’zaro uchrashuvlardan so’ng sammitga qatnashgan liderlar sharafiga ziyofat beradi.
Sammit doirasida global siyosat bo’yicha yetakchi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari terrorizm va qochqin masalasi haqida fikr almashdi.
Venada bo’lib o’tgan Suriya yig’ilishidan qaytgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Feridun Sinirliog’lu Antaliyada 12 davlatning tashqi ishlar vazirlari bilan yig’ilish o’tkazdi.
Mazkur yig’ilishga AQSh kotibi John Kerry va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham qatnashdi.
Yig’ilish haqida matbuotga hech qanday bayonot berilmadi, lekin mintaqaviy siyosiy o’zgarishlar muhokama qilingani aytilmoqda.

 

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar