Erdog’an Antaliyada, jurnalistlarning savollariga javob berdi

Prezident Erdog’an, G-20 Davlat rahbarlari Sammitiga qaratilgan faoliyatlarini tadqiq qilish maqsadida Antaliyaga bordi.

414987
Erdog’an Antaliyada, jurnalistlarning savollariga javob berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Firat daryosining g’arbiga hech kimning o’tolmasligini aytdi.

Prezident Erdog’an, G-20 Davlat rahbarlari Sammitiga qaratilgan faoliyatlarini tadqiq qilish maqsadida Antaliyaga borar ekan, Xalqaro matbuot markazida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Erdog’an, terror tashkiloti PKKning Suriyadagi o’rtog’i PYDning Suriyadagi faoliyatlari haqidagi savoliga;

“Firat daryosining g’arbiga hechkim o’tolmaydi. Bu mavzuda qarorlimiz. Bugungacha o’tishga harakat qildilar lekin kerakli chora va tadbirlar ko’rildi. Bu haqidagi qarorimiz qatîydir. Buni ham millatimizning, ham butun dunyoning bilishi kerak” deya javob berdi.

Prezident Erdog’an, Rossiyaning Suriyadagi havo hujumi haqidagi savollarga;

“Atrofdagi davlatlarning ham ayniqsa “DEAShga qarshi kurashyabmiz” deya tinch aholiga, suriyalik turkmanlarga o’q uzushi oddiy masala emasdir. Bu haqida ularga aytdik, eslatdik, haligacha aytib kelyapmiz” dedi.

Mintaqadagi, harbiy ta’lim mashg’ulotlariga to’xtalgan Erdog’an,

-“Harbiy mashg’ulot tog’risidagi faoliyatlarimiz davom etmoqda. Terrorning qo’lidan qutqarib olingan mintaqa mavzusida do’st davlatlar ham bundan keyin bu nuqtaga kela boshladilar. No-fly hududi va quriqlikdagi harbiy amaliyotlar va boshqa mavzular haqida ijobiy o’sishlar bor” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar