Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an TRTda...

Yalchin Akdog’an, “Tarixda hech bir partiya 4 ta partiyaga ega bo’lgan majlisda yakka hukumat bo’lish baxtiga muyassar bo’lmadi”-dedi.

409876
Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an TRTda...

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an TRTda siyosiy ko’rsatuvga tashrif buyurib, saylov haqidagi mulohazalarini tilga oldi.
Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an, “Tarixda hech bir partiya 4 ta partiyaga ega bo’lgan majlisda yakka hukumat bo’lish baxtiga muyassar bo’lmadi”-dedi.
Akdog’an, “Umid qilamizki, barcha bundan ibrat oladi. Xalqimizni to’g’ri tushunishga harakat qilyabmiz. Bizga 50% ovoz oldingiz, buni qanday baholaysiz deb so’ramoqda. Biz xalqni to’g’ri tushunganimiz uchun bizga ovoz berdilar. Millatni bag’riga bosish hukumatning vazifasidir. Barchaga teng xizmat qilish, barchani teng bag’riga bosish, anglashga harakat qilish, butun ommaviy psihologiyani boshqarish hukumatning vazifasidir”-dedi.
Saylovchilarning ishonch va barqarorlik tarafdori sifatida o’z munosabatini ko’rsatganini tilga olgan Akdog’an shunday dedi:
“Saylovlarga 3 hafta qolganda Ankarada portlatilgan bomba aslida saylovlarga to’sqinlik qilish maqsadida portlatilgan edi. Saylovni yana qoldira olamizmi? yoki oldini ola olamizmi? degan tushunchalari bor edi. Shu sababdan saylov jarayonining ijobiy natijalanishi katta g’alabadir. Terrorizmga darba sifatida kundalik hayotning izga tushishi, siyosatning mustahkamlanishi juda muhim edi. Umidlarimiz ro’yobga chiqdi”-dedi.
Xalqimiz davlatning qat’iy munosabatini guvohi bo’lganini bildirgan Yalchin Akdog’an, “Saylov xavfsizligini ta’minlash jihatidan ham davlat kerakli barcha chora-tadbirlarni oldi. Saylovdan oldin xavfsizlik bilan bog’liq savollar tug’ilgan edi. Olingan chora-tadbirlar qanchalik o’rinli ekanini guvohi bo’ldik. Bu juda katta muvaffaqiyatdir. Saylov xavfsizligi bo’yicha katta masofa bosib o’tildi”-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar