Bosh vazir, Bashar al-Asad formulasini baholadi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, Turkiyaning, Suriya xalqi qabul qilmagan hech qaysi formulani qabul qilmasliklarini takrorladi.

395481
Bosh vazir, Bashar al-Asad formulasini baholadi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, Suriya Davlat rahbari Bashar al-Asadning Rossiyaga qaratilgan rasmiy ziyoratini baholadi.

Bosh vazir, Asadning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o’tkazish niyatida Moskvaga borganligi haqida;

“Rossiyadagina qolib qolganida edi, Suriya xalqi uchun yaxshi bo’lar edi. Muammoni haqiqatdan ham hal qilish jarayoni mana shunday bo’shlaganida edi” deya gapirdi.

Suriyadagi ichki urush 2011-yili avj oldi. Bashar al-Asad, huddi o’sha yildan beri, birinchi marotaba chet elga chiqib, kecha Moskvada Putin bilan uchrashuv o’tkazdi.

Davuto’g’li saylov faoliyatlari doirasida Vanga bo’rar ekan, uchoqda jurnalistlarning “Suriya formulasi stsenariylari” haqidagi savoliga javob berdi.

Suriyadagi, asosiy masalaning “Asadning shartlarini qabul qilish orqali emas, Asadning ketishi orqali” hal qilina olishini belgilab o’tar ekan, Turkiyaning bu mavzudagi ko’z qarashining boshidan beri ma’lum ekanligini aytdi.

-“Suriya xalqi rozi bo’lmagan hech qaysi formulani qabul qilmaymiz” degan Davuto’g’li, o’z so’zlarini,

-“Bundan boshqa hech qaysi hal qilish usulini tasdiqlamaymiz. Lekin bir necha formula yopiq eshik ortida tilga olinadi, kun tartibiga ham olib chiqiladi.

Davlatlar bir-biriga turli fikrlar berishi mumkin” deya davom etdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar