G-20 sammiti yakunlandi

Davuto’g’li: “Qochqinlar mavzusida Yevropaning salbiy muomalasi, iqtisodiy inqirozning psixologik natijalari”.

375195
G-20 sammiti yakunlandi

G-20 doirasida o’tkazilgan Moliya vazirlari va Markaziy banki rahbarlari yig’ilishi yakunlandi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li G-20 Iqtisodiyot vazirlari va Markaziy banklari rahbarlari yig’ilishida so’zlagan nutqida, 2008-yili yuz bergan iqtisodiy inqiroz ortidan yirik moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarning kelib chiqganligi, bu muammolar ortidan bir necha davlatda siyosiy inqiroz sodir bo’lganligi haqida gapirdi.

Qochqinlar muammosiga qaratilgan muomala yuzasidan insonlik tragediyasi yuz berayotganligini ta’kidlagan Bosh vazir o’rinbosari Jevdet Yilmaz ham qochqinlarga darvoza ochish mavzusida faqatgina Turkiyaning fidokorligining yetmasligini, ushbu muammoni hal qilish uchun butun odam bolasi o’z hissasini qo’shishi kerakligini aytdi.

Jevdet Yilmaz shuningdek qochqinlar muammosi, dunyoning rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko’rsatayotganligini ham qo’shimchaladi.

Xalqaro valyuta jamg'armasi (IMF) raisi Christine Lagarde esa suriyaliklarga mezbonlik qilgani uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

Lagarde, "Bu masala butun dunyoning muammosidir. Bir davlatning geografik olaroq yaqin bo’lishi javobgarchilikni o’z zimmasiga olishi kerak degani emasdir. Biz qanday qilib yordam bera olamiz degan savolga javob topishimiz kerak” dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar