Karsda hujum uyushtirildi

Kars viloyati, Turkiyaning shimoliy-sharqida joylashgan.

329751
Karsda hujum uyushtirildi

Turkiyaning Kars viloyatida terroristlar tomonidan yo’lga mina joylashtirib qoyilgan. O’sha minaning portlashi oqibatida 1 nafar harbiy shahid bo’ldi, 1 nafar harbiy esa tan jarohati oldi.

Ig’dir viloyatida esa terroristlar turk harbiylarini bezovta qilish niyatida Ig’dirning Korhan yaylovidagi Korhan Jandarm qo’mondonligiga o’q uzar ekan oqibatida 2 nafar harbiy tan jarohati oldi. Tan jarohati olgan 2 nafar harbiy Ig’dir davlat kasalxonasiga yotqizildi.

Kars viloyatida yuz bergan hujum esa viloyatning Kag’izman va Digor tumanlari o’rtasida sodir bo’lgan.

Tan jarohati olgan harbiy voqea yuz bergan joyga yetib kelgan tez yordam mashinasi orqali Kars Haraniy davlat kasalxonasiga yetkazib borildi.

Xavfsizlik xizmati xodimlari terroristlarni qo’lga tushirish uchun harbiy amaliyot boshlatdilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar