Turkiya Yevropa Ittifoqi vaziri Avstriyaga otlanmoqda

Avstriyaning poytaxti Venaga safar qiladigan Yevropa Ittifoqi vaziri Volkan Bozkir Yevropa Ittifoqi komissiyasining kengayishdan mas’ul komissari Johannes Hahn bilan uchrashadi.

319656
Turkiya Yevropa Ittifoqi vaziri Avstriyaga otlanmoqda

Turkiya Yevropa Ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi Volkan Bozkir kelgusi hafta Yevropaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.
Dastlab, Avstriyaning poytaxti Venaga safar qiladigan Volkan Bozkir Yevropa Ittifoqi komissiyasining kengayishdan mas’ul komissari Johannes Hahn bilan uchrashadi.
Yevropa Ittifoqi vaziri Volkan Bozkir so’ngra, Berlinda Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga qarashli Yevropa Ittifoqidan mas’ul davlat vaziri Michael Roth bilan uchrashadi va Germaniya parlamentida nutq so’zlaydi.
Volkan Bozkir Yevropa davlatlariga Turkiyada olib borilgan terrorizmga qarshi kurash jarayoni, hukumatning islohotlari va yechim jarayoni haqida ma’lumot beradi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar