Turkiya muhojirlarning noqonuniy o'tish yo'liga aylandi

Turkiyaning Balikesir va Chanoqqala viloyatlarida 497 nafar muhojir noqonuniy yo'llar bilan Yunonistonga o'tishga uringan paytda qo’lga tushdi.

319630
Turkiya muhojirlarning noqonuniy o'tish yo'liga aylandi


Balikesirning Ayvalik tumanida Suriya, Eron, Afg’oniston, Myanma va Eritre fuqarosi bo’lgan jami 257 nafar noqonuniy muhojir qo’lga tushdi.
Balon qayiqlarda noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonning Midilli oroliga o’tmoqchi bo’lgan 130 muhojir Sohil xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan Ayvalik sohilida qo’lga olindi.
Bu voqeadan biroz o’tgach, Madan orolidan Egey dengiziga balon qayiqlarda otlangan Suriya va Afg’onistonlik 127 muhojir qo’lga olindi.
Chanoqqalaning Ayvajik tumanida noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonning Midilli oroliga o’tishga tayyorlangan yana 240 muhojir Ayvajik Jandarm boshqarmasi xodimlari tomonidan sohilda daraxtzorga yashiringan paytda qo’lga tushirilgan.
Muhojirlarning 134 nafari Suriya, 104 nafari Afg’oniston va 2 nafari Eritre fuqarosi ekani aniqlandi.
Muhojirlar tekshiruvdan o’tkazilgach, davlatiga deport qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar