Hakkarida serjant Ziya Sarpkaya terror qurboni bo'ldi
Yuziga niqob kirgan terroristning qurolli hujumiga uchragan serjant Ziya Sarpkaya boshidan og'ir yaralandi va shifoxonada olamdan o'tdi.
305552
Turkiyaning Hakkari viloyati Shemdinli tumanida yuziga niqob kirgan terroristning hujumiga uchragan serjant Ziya Sarpkaya halok bo’ldi.
Boshidan og’ir yaralangan serjant Sarpkaya doktorlarning barcha say-harakatlariga qaramasdan olamdan o’tdi.
Voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lgan terroristni qo’lga olish uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilindi.
Turk Qurolli Kuchlari voqeadan so’ng yozma bayonot berdi.
Bayonotda, “Terroristlar tomonidan sodir qilingan bu vahshiy jinoyatni qattiq qoralaymiz. Shahid serjantga Ollohdan rahmat tilaymiz, oilasiga, Turk Qurolli Kuchlari mansublariga hamdartlik va sabr tilaymiz”-degan ifodalar o’rin oldi.