Chankaya ko’shkida, Xavfsizlik kengashi yig'ilishi o'tkazildi

Jirkanch hujumlarga qarshi olingan tadbirlar nazoratdan o'tkazildi.

384668
Chankaya ko’shkida, Xavfsizlik kengashi yig'ilishi o'tkazildi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li rahbarligida, Chankaya ko’shkida “Xavfsizlik kengashi” yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda, oxirgi kunlarda Turkiyaga qaratilgan va DEASh bilan PKK terror tashkilotlari tomonidan qo’l urulgan hujumlar har jihatdan qo’lga olindi.

Yig’ilish ortidan yozma shaklda izohat berilar ekan izohatda ko’plab tinch aholining halok bo’lishiga va xavfsizlik xizmati xodimlarining shahid qilinishiga sabab bo’lgan jirkanch hujumlarga qarshi olingan tadbirlarning nazoratdan o’tkazilganligi aytildi.

Undan tashqari mamlakatning va xalqning xavfsizligini himoya qilish uchun har qanday chora ko’rishni davom etish haqida qaror qabul qilinganligi aytildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar