Turkiya-Suriya chegarasida nazorat kuchaytirilgan

Turk Qurolli Kuchlarining Suriya chegarasida olgan bir qator yangi chora-tadbirlar o’z natijasini bera boshladi.

384138
Turkiya-Suriya chegarasida nazorat kuchaytirilgan

Turk Qurolli Kuchlari Suriya chegarasidagi vaziyat haqida bayonot berdi.
Turk Qurolli Kuchlarining Suriya chegarasida olgan bir qator yangi chora-tadbirlar o’z natijasini bera boshladi.
Notinch hududlarda xizmat o’tagan askarlarning yarmidan ko’pi xozirda Suriya chegarasiga joylashtirilgan.
Turk Qurolli Kuchlari bayonotiga ko’ra, hududlarda xizmat o’tagan harbiylarning tahminan yarmi Suriya chegarasida xavfsizlikni ta’minlamoqda.
2015 yilning dastlabki 6 oyi ichida chegarada DAISh safiga qo’shilmoqchi bo’lgan xorijlik 468 nafar ko’ngilli jangchi qo’lga olingan.
2014 yili 70 ming 927 kishi chegaradan noqonuniy yo’llar bilan o’tishga urinar ekan, bu raqam 2015 yilning dastlabki 6 oyi mobaynida 54 mingni tashkil qiladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar