Srebrenitsada, ommaviy qabrlar tugamagandek

1995-yili Bosniya va Gertsegovinaning Srebrenitsa shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti askarlari tomonidan serblarga topshirilgan bosniyalik musulmonlar serblar tomonidan qatl qilingan edi.

379166
Srebrenitsada, ommaviy qabrlar tugamagandek

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, turk insonining 20 yil muqaddam Srebrenitsada o’ldirilgan musulmon boshnyaklarning g’am-alamini chin yurakdan his qilib kelayotganligini aytdi.

Erdog’an Bosniya va Gertsegovinada, Birlashgan Millatlar Tashkiloti askarlarining ko’z o’ngida serblar tomonidan 5 kun ichida 8 mingdan ziyod musulmon boshnyaklarning o’ldirilganligini, minglab ayolning zo’rlanganligini, 300 mingdan ziyod insonning halok bo’lganligini, 2 million kishining esa uy-joyidan ajrab qolganligini eslatdi.

Bosniyada, haligacha, ommaviy qabrlarning kun yuzasiga chiqarilib kelinayotganligini va halok bo’lganlarning kim ekanligini aniqlashga harakat qilinayotganligini ta’kidlagan Erdog’an: “Aniqlangan har bir qabr bilan yuraklar yana bir bor ezilib ketmoqda” dedi.

Turkiya olaroq Srebrenitsa qurbonlarining oilalari bilan yaqinlarining dardiga darmon bo’lish, shuningdek insoniy va vijdoniy javobgarchilikni bo’yinlash maqsadida yo’lga tushganliklarini belgilab o’tgan Erdog’an: “Ba’zi izlar osonlikcha o’chib ketmaydi. Ba’zi dardlarning esa darmoni topilmaydi. Biz shunga qaramay ro’zichilik olishni, baham ko’rishni, birga yashashni ulug’lagan madaniyatning farzandlarimiz. Orzu-umidlarimizni jonli tutishga majburmiz. O’tmishni yoddan chiqarmay, tarixdan dars olgan holda tinch va farovon kelajak insho etishlik bizning vazifamizdir” deya gapirdi.

1995-yili Bosniya va Gertsegovinaning Srebrenitsa shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti askarlari tomonidan serblarga topshirilgan bosniyalik musulmonlar serblar tomonidan qatl qilingan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar