Istanbul, Islom dunyosi yoshlari poytaxti deb e’lon qilindi

Vasip Shahin: "Istanbul, ıslom geografiyasi jihatidan muhim shaharlardan biridir".

316349
Istanbul, Islom dunyosi yoshlari poytaxti deb e’lon qilindi

Istanbul, Islom hamkorligi tashkilotining Yoshlar forumi tomonidan 2015-2016-yillari Islom dunyosi yoshlari poytaxti deb e’lon qilindi.

Islom hamkorligi tashkilotiga qarashli Islom konferentsiyasi dialogi va hamkorligi Yoshlar forumi bilan Yoshlar va sport vazirligi shuningdek Istanbul munitsipaliteti hamkorligi doirasida amalga oshirilgan “Istanbul-Islom dunyosi yoshlari poytaxti dasturi” marosim ila boshladi.

Dastur tantanali ravishda boshlanar ekan marosimda ishtirok etganlar Islom hamkorligi tashkilotiga a’zo dunyoning 56 davlati nomidan qatnashgan yoshlar tomonidan bayroqlar ostida kutib olindi.

Marosimni ochib bergan Islom konferentsiyasi dialogi va hamkorligi Yoshlar forumi Bosh kotibi, elchi Elshad Iskenderov ıslom geografiyasida yuz bergan urushlar tufayli musulmonlarning qiyin kunlarni boshidan o’tkazganligini belgilab,

“Mintaqadagi radikalizmning oldini olish, islom geografiyasidagi kelajak poydevorini mustahkam bunyod etish uchun yoshlar qo’llab-quvvatlanishi kerak” deya gapirdi.

Istanbul shahar hokimi Vasip Shahin ham Istanbulning ıslom geografiyasi jihatidan muhim shaharlardan biri ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Dunyoning 56 davlatining qo’llab-quvvatlashi orqali Istanbulning poytaxt deb e’lon qilinishi bizni xursand qildi” dedi.

Ushbu dastur doirasida Istanbul, “Islom dunyosi yoshlari poytaxti” olaroq bu yil turli tadbirlarga mezbonlik qiladi. Bir necha davlatdan musulmon yoshlari olaroq mushtarak loyihalar ustida ish olib boradilar.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar