Vazirlar kengashi saylov jarayonini muhokama qildi

Turkiya Vazirlar kengashi kecha Chankaya ko’shkida to’plandi.

314768
Vazirlar kengashi saylov jarayonini muhokama qildi

Vazirlar kengashi yig’ilishida saylovdan keyingi jarayon muhokama qilindi.
Shuningdek, ehtimoliy koalitsiya, muddatdan oldin saylov o’tkazish va etnik hukumat tuzish yo’llari ko’rib chiqildi.
Bundan tashqari, Turkiyaga chegaradosh Suriyadagi vaziyat, chegaraning mustahkamligini ta’minlash kabi xususlar muhokama qilindi.
Tel Abyadning DAISh qo’lidan kurd jangchilar nazoratiga o’tishi bilan, mintaqadagi demografik tuzilishni o’zgartirish sistemalari Turkiya tomonidan yaqindan kuzatib borilmoqda.
Vazirlar kengashi a’zolari yig’ilishdan so’ng, Chankaya ko’shkida birgalikda iftorlik qildi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an, Din ishlari boshqarmasi rahbari Mehmet Go’rmez va bir qator olimlar prezidentlik saroyidagi iftorga tashrif buyurdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar