Turkiya mintaqada umid holiga keldi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, barqaror va xavfsizlik sharoit jihatidan rivojlangan Turkiya, mintaqasida umid holiga kelganini bildirdi.

262515
Turkiya mintaqada  umid holiga keldi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, barqaror va xavfsizlik sharoit jihatidan rivojlangan Turkiya, mintaqasida umid holiga kelganini bildirdi.
Erdo’g’an,
“- Mintaqamizdagi barcha jabr ko’rganlarga yordam berib kelmoqdamiz. Eng ko’p yordam bergan o’lkalardan birimiz” deb aytdi.
IDEF- 2015 12- xalqaro mudofaa sanoat ko’rgazmasi, Istanbul Tuyap ko’rgazma markazidagi ochilishda so’zga chiqqan Prezident Erdo’g’an, Suriyada to’qnashuvlar boshlagan kundan beri Turkiyaga boshpana keltirganlarga berilgan yordam miqdori 5,6 milliard dollarga bordi deb ifoda etdi.
Erdo’g’an,
- Biz juda oshkor siyosat olib borayapmiz. Boshqa o’lkalar o’z eshik va ko‘nglilarini berkitgan vaziyatda.
Agar atrofimizda bir olov bor bo’lsa undan sichargan bir uchqun natijada sizga yetib keladi. Ushbu yong’inini o’chirishning yo’llarini qidirish kerak. Biz ma’lumot va tajribalarimizni do’stlarimizning xizmatiga taqdim etib kelayapmiz.” Deb bildirdi.
O’rta yer dengizdagi qochqin tangligiga qarshi jim-jit qolgan o’lkalarni tanqid qilgan Erdo’g’an,
Yevropani qochqin muammosiga hamkorlik bilan yechim topishga chaqirdi.
Qilgan ma’ruzasida, milliy mudofaa sohasida Turkiya chet elga qaramlilikdan butunlay qutiladi degan Prezident. IDEF- 2015 12- xalqaro mudofaa sanoat ko’rgazmasi mudofaa sanoat bilan to’g’ridan va bilvosita aloqasi bo’lgan barcha sanoat tarmoqlarini o’z ichiga oladi.
Ko’rgazmaga ishtirok etgan o’lkalar orasida do’stlik va mudofaa sanoatda hamkorlikni rivojlantirishda juda muhim bir ro’li bordir dedi.
8- maygacha ochiq bo’ladigan IDEF- 2015 12- xalqaro mudofaa sanoat ko’rgazmasi, ishtirokchi o’lka, hay’at va firma soni jihatidan, mintaqaning eng katta, dunyoning esa 5- yirik mudofaa sanoat ko’rgazmasidir.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar