Turkiya Obama, Gauck va Hollandega yozma xati orqali javob berdi

Ushbu javobda Obama, Gauck va Hollandening 1915-yilgi voqealarga qaratilgan ifodalari baholandi.

250043
Turkiya Obama, Gauck va Hollandega yozma xati orqali javob berdi

Turkiya AQSh Prezidenti Obama, Germaniya Prezidenti Gauck va Fransiya Prezidenti Hollandening 1915-yilgi voqealar haqidagi muomalasiga yozma xati orqali javob berdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan javobda Obamaning ifodasi “muammoli” olaroq baholanar ekan Gauckning ifodasi uchun Turk xalqi, bu ifodalarni hech qachon esidan chiqarmaydi. Shuningdek kechirmaydi” deyildi.

Hollandening ifodasi esa “Arman iddiolarini qo’llab-quvvatlagan edi. Ana shuni takrorlapdi” deya baholandi.

Tashqi ishlar vazirligining izohatida; Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Obamaning 1915-yilgi voqealar haqidagi mavzuga qartilgan ifodasiga qarshi quyidagi so’zlar tilga olindi:

“Boshdan o’tgan voqealarning armanlar qadar turk xalqi jihatidan ham nozik masala ekanligidan uzoq bo’lishi va bir tomonli ko’z qarashni aks ettirishi muammodir. Bu tanlangan va bir tomonli bo’lgan adolat tushunchasini qabul qilmaymiz. Biz, bu tarixiy mavzuda hammani to’g’ri harakat qilishga chaqirar ekanmiz, ayni vaqtda biz uzatgan do’stlik qo’liga ijobiy javob olishni umid qilamiz”.

İzohatda turklar bilan armanlarning yarashishiga qaratilgan yo’lga, adolatli ravishda hissa qo’shadigan har bir davlatning, bu do’stlik loyihasining sheriklari olaroq tarixda o’z o’rinlarini olishiga ham e’tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vazirligining izohatida; Germaniya Prezidenti Gauckninig 1915-yilgi voqealar haqidagi mavzuga qartilgan ifodasiga qarshi esa quyidagi so’zlar tilga olindi:

Germaniya Prezidenti Gauckning huquqga va tarixiy haqiqatga zid shakilda, turk millatining boyniga, qo’l urmagan bir jinoyatni yuklab qo’yishga haqqi yo’qdir. Gauck vakillik qilgan insonlar orasidagi yuz minglab turk millatiga mansub Germaniya fuqarosining fikrlarini bekor qilishi ibrat berg’uvchidir”.

Shuningdek, “Kelgusi kunlarda, 1915-yilgi voqealar haqida bir loyiha qarorini qo’lga olishi kutilgan Germaniya Federal Majlisining bu tarixiy masala mavzusida xolisona va konstruktiv munosabatda bo’lishini, turk-nemis munosabatlariga, uzoq vazqtgacha, salbiy aks etuvchi shaklda yondoshmasligini iltimos qilamiz” deyildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan keyingi izohatda Fransiya Prezidenti Hollandening ifodasi esa “Arman iddiolarini qo’llab-quvvatlagan edi. Ana shuni takrorlapdi” deya baholandi.

Tashqi ishlar vazirligi Fransiyaning nohaq va bir tomonlama yondoshilgan muomalasini rad qilganligini va qoralaganini ham belgiladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar