Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Jemil Chichek Rossiyada

Janob Chichekning keyingi bekati Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasidir.

235248
Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Jemil Chichek Rossiyada

Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Jemil Chichek rasmiy ziyorat uchun Rossiyada.

Jemil Chichek va hamrohligidagi hay’atni Turkiyaning Moskvadagi elchisi Umit Yardim va elchilik xodimlari kutib oldilar.

Chichek ushbu ziyorati doirasida Rossiya davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin va Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matvienko bilan uchrashadi.

Rossiya ziyoratidan so’ng Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasini ham ziyorat qilmoqchi bo’lgan Chichek Qozon shahrida Tatariston Respublikasi davlat kengashi raisi Ferid Muhametshin va Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnihanov bilan ham uchrashuv olib boradi.

Ziyorati chog’ida Tatariston davlat kengashi bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisi ortasidagi hamkorlikni mustahkamlashtirishga qaratilgan memorandumning imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Janob Chichek Qozon Federal universitetida talabalarga xitob etadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar