Turkiya va Amerika hamkorligida DAİShga qarshi kurash jarayoni..

Amerikalik general John Allen va Brett McGurk DAİSh terror tashkilotiga qarshi kurash jarayonini muhokama qilish maqsadida Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

260041
Turkiya va Amerika hamkorligida DAİShga qarshi kurash jarayoni..


Amerikaning DAİShga qarshi mushtarak koalitsiya tarkibidagi vakili general John Allen va AQSh kotiblik voizining o’rinbosari Brett McGurk poytaxt Ankarada rasmiy uchrashuv amalga oshiradi.
Bugun Rimga jo’nab ketadigan general Allen va McGurk İtaliya va Vatikanda tegishli vakillar bilan DAİSh terror tashkilotiga qarshi kurash bo’yicha fikr almashadi.
İtaliya safarini yakunlab Turkiyaga tashrif buyuradigan general Allen va McGurk uchrashuvlar chog’ida, DAİShga qarshi kurash maqsadida tashkil qilingan xalqaro koalitsiyaning say-harakatlari, Turkiyaning koalitsiyaga qo’shgan hissalari va Suriya muholiflariga harbiy ta’lim berish kabi masalalarni muhokama qiladi.
Suriyadagi muholif kuchlarga mo’ljallangan malaka oshirish va harbiy qo’llab quvvatlash loyihasi asosida Turkiya bilan Amerika hamkorlikda ish olib bormoqda.
Bu doirada Amerika Markaziy kuchlar komondoni general Lloyd Austin Turkiyaning Kirshehir viloyatiga tashrif buyurib, ilk bosqichda harbiy ta’limdan foydalanadigan 300 kishining 15 mart kuni Kirshehirga keltirilishini rejalashtirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar