"23-aprel Xalqaro bolalar bayrami" bu yil Antaliyada o’tkaziladi

Bu haqida TRT Bosh direktor o’rinbosari İbrohim Eren ma’lumot berdi.

257483
"23-aprel Xalqaro bolalar bayrami" bu yil Antaliyada o’tkaziladi

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan 37-uyushtiriladigan “23-aprel Xalqaro bolalar bayrami” bu yil Antaliyada o’tkaziladi.

Bu haqida TRT Bosh direktor o’rinbosari İbrohim Eren ma’lumot berdi. Ma’lumotga ko’ra ushbu bayram Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi Prezidenti Mutafo Kamol Otaturk tomonidan bolalarga sovg’a qilingan. TRT tomonidan esa 1979-yildan beri xalqaro tadbir sifatida nishonlanib keladi. Bu yilgi tayyorgarliklar esa Suriya va Iroqdagi terror va ichki urush tufayli mayus boshlagan.

Bugungacha, ushbu bayram doirasida, dunyoning to’rt burchagidan kelgan 30 mingdan ortiq bolalarni mehmon qilganliklarini qo’shimchalagan Eren, bu yilgi bayramda dunyoning 50 davlatidan mehmonlar borligiga e’tibor qaratdi.

Eren 15-23 aprel kunlari uyushtiriladigan bayram doirasida shaharning bir necha nuqtalarida tadbirlar, namoyishlar o’tkazilishini; mehmon bolalarga shaharning chiroyli va tarixiy o’rinlarini ko’rsatishni rejalashtirganliklarini bildirdi.

Bayram chog’ida, bolalarning xavfsizligi uchun har qanday chora-tadbirlarning olinganligini aytgan Eren, “Hudo hohlasa bayramimiz ko’ngildagidek o’tadi. Bolalarimiz ortasidagi ushbu yaqinlik, kelajakda jahon tinchligiga o’z hissasini qo’shadi” deya gapirdi.

Antalya Hokimi Muammer Turker ham, bolalarga milliy bayram sovg’a qilgan yagona davlat Turkiya ekanligini aytar ekan Xalqaro bolalar bayrami uchun Antaliyani tanlaganligi uchun TRTga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, o’tkaziladigan faoliyat doirasida Antaliyaning chiroyini butun dunyoga ovoza qiliajagini qo’shimchaladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar