Turkiya Respublikasi Vazirlar kengashi to’plandi

Vazirlar kengashi yig’ilishida ichki xavfsizlik masalalari, valyuta kursining o’zgaruvchanligi, terrorizmni bartaraf etish maqsadida yuritilgan yechim jarayoni, mamlakatda ayollarning muammolari va Suriya bilan İroq chegaralaridagi vaziyat muhokama qilinmoqda.

254909
Turkiya Respublikasi Vazirlar kengashi to’plandi

Turkiya Respublikasi Vazirlar kengashi bugun Prezidentlik saroyida to’plandi.
Vazirlar kengashi yig’ilishida ichki xavfsizlik masalalari, valyuta kursining o’zgaruvchanligi, terrorizmni bartaraf etish maqsadida yuritilgan yechim jarayoni, mamlakatda ayollarning muammolari va Suriya bilan İroq chegaralaridagi vaziyat muhokama qilinmoqda.
Mazkur Vazirlar kengashi yig’ilishiga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an rahbarlik qilmoqda.
7 iyunda bo’lib o’tadigan saylov munosabati bilan qonunga muvofiq ravishda sobiq vazirlar Efkan Ala, Lutfi Elvan va Bekir Bo’zdag’ vazirlar kengashi yig’ilishiga qatnashmayotir.
Vazirlar kengashi yig’ilishiga yangi tayinlangan İchki ishlar vaziri Sebahattin O’zturk, Transport, dengizchilik va aloqa vaziri Feridun Bilgin va Adolat vaziri Kenan İpek birinchi marta ishtirok etmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar