"Turk madaniyati kunlari", bu gal, Marokashda

Marosim, 5-mart kungacha davom etadi...

245539
"Turk madaniyati kunlari", bu gal, Marokashda

Turkiyaning rivojlanish va hamkorlik bo’yicha agentligi (TİKA) bilan Yunus Emre nomidagi institut tomonidan uyushtirilgan “Turk madaniyati kunlari”, Marokash poytaxti Rabatda boshladi.

Rabat va Fes shaharlaridagi faoliyatlarda dastlab, Rabatdagi “Muhammad V” teatri binosida Yunus Emre institutining “Panorama” deb nomlangan ko’rgazmasi ochiladi.

Ochilish marosimida Turkiyaning Rabat elchisi Ethem Barkan O’z; Yunus Emre instituti rahbari Hayati Develi; Marokash siyosati, san’ati va matbuot sohasidagi eng nufuzli kishilar ishtirok etdilar.

Muhammad V teatri binosidagi ko’rgazma va konsertda, Marokash Parlamenti bilan Noqonuniy tashkilotlar munosabatlaridan mas’ul vazir Habib al-Shubaniy va Marokash O’liy ta’lim vaziri (vakil) Sumeyya bin Haldun ham ishtirok etdi.

Ko’rgazmada, Turkiyaning 81 viloyatining fotosuratlari o’rin oldi.

Ko’rgazma ortidan Turk milliy raqslaridan namunalar namoyish etildi. Madaniyat va Turizm vazirligi qoshidagi “Turk musiqasi xori” kontsert berdi.

Programmani nafaqat Marokashda yashagan turk xalqi, balki, Marokash aholisi ham qiziqish bilan tomosha qildilar.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar