Viktor Orban, turk oila tuzilishiga maqtov yog'dirdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Ahmet Davuto'g'li rasmiy ziyorat bilan Vengriyaga bo'rib venger hamkasbi Viktor Orban bilan uchrashdi...

236612
Viktor Orban, turk oila tuzilishiga maqtov yog'dirdi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, rasmiy ziyorat bilan Vengriyaga bo’rar ekan ushbu ziyorat faqat bir kun davom etdi.

Ziyorat chog’ida 6 nafar shartnomaga imzo chekilar ekan Anqara bilan Budapesht "Qardosh shaharlar" deb e’lon qilindi.

Poytaxt Budapeshtdagi Gul Bobo maqbarasini qayta tiklash uchun ham kelishuvga muvofiq imzo chekildi.

Kelishuvlarga imzo chekilgach Bosh vazir Davuto’g’li venger hamkasbi Viktor Orban bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Davuto’g’li anjuman chog’ida, Turkiya bilan Vengriyaning maxsus munosabatlarga ega ikki davlat ekanliklarini aytar ekan Vengriya Bosh vaziri Orban esa turk oila tuzilishiga maqtov aytdi.

Orban, “Suqlanib qarayabmiz”. Turkiya, Yevropaning eng yosh davlati. Oila qadriyati Turkiyada judayam muhimdir. Shuning uchun ham kelajaklariga ishonch bilan qaraydilar. Vengriya ham Turkiya kabi yosh davlat bo’lganida edi biz ham mana shunday muvoffaqiyatli bola olardik” deya qo’shimchaladi.

Ziyorat chog’ida qo’lga olingan muhim masalalardan yana biri iqtisodiyot munosabatlari edi. Turkiya-Vengriya biznes-forumida ishtirokchilarga xitob etgan Davuto’g’li,

“2 milliard dollarlik tashqi savdoni en qisqa muddatda 5 milliard dollarga chiqarish va energiya bo’yicha hamkorlik qilish mavzusida qarorimiz qat’iydir” dedi.

Bosh vazir, biznes-forim ortidan, Galitsiya shahidligini ziyorat qildi.

Vengriya Prezidenti Janos Ader tomonidan ham qabul qilingan Davuto’g’li, ortidan Gul Bobo maqbarasini ziyorat qildi.

Davuto’g’lining Vengriya ziyorati, Qahramonlar haykaliga gul chambar qo’yishlik bilan yakunlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar