Turk Havo Yo'llarining Ammon-İstanbul reysi kechikdi

Turk Havo Yo’llari yo’lovchi samolyoti qalin qor yoqqani va aeroport maydonini tozalaydigan texnik ekipajning yetishmovchiligi sababli Ammon aeroportidan ucha olmayotir.

224837
Turk Havo Yo'llarining Ammon-İstanbul reysi kechikdi

Ammon-İstanbul reysini amalga oshirishadigan Turk Havo Yo’llari samolyoti noqulay havo sababli Ammonda kutmoqda.
Yo’lovchilar orasida Turkiya Xalq ta’limi vaziri Nabi Avjining ham borligi aytilmoqda.
Turk Havo Yo’llari yo’lovchi samolyoti qalin qor yoqqani va aeroport maydonini tozalaydigan texnik ekipajning yetishmovchiligi sababli Ammon aeroportidan ucha olmayotir.
Turk Havo Yo’llari vakillari ushbu masala bo’yicha İordaniyalik vakillardan bayonot kutmoqda.
Yo’lovchilarning samolyotdan chiqish talabiga javob berilmagani, samolyot eshiklariga ko’chma zinapoya olib kelinmagani va elektrning uzilgani sababli samolyotda klimalar ishlamayotgani aytilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar