Eronning sobiq prezidenti Ahmadinajod TRT ekranida…

Turkiya bilan Eron bir yoqadan bosh chiqarishi kerakligini ta’kidlab o’tgan Mahmud Ahmadinajod islom davlatlari orasiga nifoq solishga harakat qilinganini, bu tuzoqqa aslo tushmaslik kerakligini tilga oldi.

215796
Eronning sobiq prezidenti Ahmadinajod TRT ekranida…


8 yil mobaynida g’arb davlatlarga bas kelmagan Eronning sobiq prezidenti Mahmud AhmadinajodTRTga reportaj berdi.
Mintaqada ulkan kuchni tashkil qilgan Turkiya bilan Eron bir yoqadan bosh chiqarishi kerakligini ta’kidlab o’tgan Ahmadinajodislom davlatlari orasiga nifoq solishga harakat qilinganini, bu tuzoqqa aslo tushmaslik kerakligini tilga oldi.
Ahmadinajod Eronning atom faoliyatlariga doir quyidagilarni tilga oldi:
“Ushbu mavzu Eron uchun milliy masalaga aylandi. Eron atom qurollarning tarqalishini oldini olish shartnomasiga imzo qo’ygan va maqsad faqatgina atom energiya ishlab chiqarishdir. Qurol emas, atom energiya ishlab chiqarish har davlatning bo’lganidek Eronning ham tabiiy haqqidir”
Ahmadinajod Turkiyaning Falastin xalqini himoya qilish uchun ko’rsatgan g’ayratini taqdirladi.
Ahmadinajod, “Quddus barcha musulmonlarning muqaddas dargohidir. Mesjid-i Aksada sodir bo’lgan hodisalar barchani chuqur iztirobga soldi. Buni aslo kechirmaymiz. İshg’ol ostidagi tuproqlarda laxta-laxta qon oqmoqda. Turkiya ham Falastinni qo’llab quvvatlamoqda. Bu esa bizni g’ururlantirmoqda”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar