Simpozium mavzusi: 1915-Usmonli imperatorligining eng uzun yili

Ushbu simpozium, Anqara universiteti bilan Externado universiteti hamkorligida uyushtirildi...

214564
Simpozium mavzusi: 1915-Usmonli imperatorligining eng uzun yili

Kolumbiya poytaxti Bogotadagi Externado universiteti, ertaga, Turk tarixi uchun muhim bir simpoziumga mezbonlik qilmoqchi.

Anqara universiteti bilan hamkorlik ichida uyushturilajak simpoziumning mavzusi “1915-Usmonli imperatorligining eng uzun yili” deb belgilanar ekan, simpoziumda dunyoning 12 davlatidan (Meksika, Kolumbiya, Kuba, Venesuela, İspaniya, Bolgariya, Kanada, Turkiya, Peru, Kosta-Rika va Chili) 22 nafar maruzachi ishtirok etadi.

Ochilish marosimini Anqara va Externado universitetlarining rektorlari Prof. Dr. Erkan İbish bilan Juan Carlos Henao boshlab berar ekan simpozium, Birinchi jaxon urushining Usmonli imperatorligiga bo’lgan belgilovchi ta’sirini taqidlash maqsadida uyushtirilmoqda.

Maqsad, Lotin Amerikali jamoatga, 1915-yil, Usmonli imperatorligi uchun na qadar qiyin bir yil bo’lganligi haqida ma’lumot berish.

Joriy yilning 12-fevraligacha davom etajak simpoziumning ochilish va yopilish marosimi, Madaniyat va turizm vazirligi san’atchilaridan tashkil topgan “İki kelime” nomidagi musiqa guruhining konserti bilan bezaladi.

Simpozium haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu web sahifasini ziyorat qilishingiz mumkin:

imperiootomano1915.blogspot.com

Ayni web sahifasi orqali simpoziumda ishtirok etuvchi maruzachilarning ro’yhati bilan ham tanishish imkoniga egasiz.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar