Turk rasmiylaridan Somali hujumiga norozichilik

Prezident Erdog’an: Terroristlik qilgan kishi qaysi dinga mansub bo’lsa-da u kishi baribir terroristdir, qotil va vahshiydir.

195567
Turk rasmiylaridan Somali hujumiga norozichilik

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, kecha Efiopiyada Addis Ababa universitetida so’zga chiqib, Somalidagi bombali hujum haqida gapirdi.

Prezident Erdog’an, “İslom uchun qilayabmiz deyotgan bo’lsalar, islom dinida bunday narsa yo’q. İslomda, bir musulmon o’z joniga qast qilmaydi. Hech kim islom bilan terrorni birga yod eta olmaydı” dedi.

Terror, qaysi niqobni kiysa-da baribir terrorga qarshi ekanligini taqidlagan Erdog’an, “Terroristlik qilgan kishi qaysi dinga mansub bo’lsa-da u kishi baribir terroristdir, qotil va vahshiydir” dedi.

Dunyo iqtisodiy forumi uchun Shveytsariyaning Davos shahrida bo’lgan Ahmet Davuto’g’lu, har qanday chora va tadbirlarning olinganligini aytdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Somali ziyoratini bekor qilmaganligini ma’lum qilgan Davuto’g’lu “Bunday xavfli holatlarda ham Turkiyaning qarorliligi o’zgarmaydi. Afrika, bizning eng ustivor siyosatlarimiz orasidadir” dedi.

Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an hujumga bo’lgan norozichiligini shu so’zlar bilan e’lon qildi: “Hech kim, bunday harakati orqali, Turkiyaning siyostiga rahbarlik qila olmaydı”.

Kecha, Somalining poytaxti Mogadishuda turk hay’ati joylashgan mehmonxona oldida bomba yuklangan mashinada hujum uyushtirilib, natijada, 3 militsiya halok bo’lgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar