Turk Qiziloy jamiyatidan xristian oilalariga yordam...

Shu bilan birga, Erbilda yashagan turkman va yezidi oilalari ham unutilgani yo'q...

165143
Turk Qiziloy jamiyatidan xristian oilalariga yordam...

Qiziloy jamiyati, Erbilda, qiyin ahvolda yashagan 500 nafar qochoq xristian oilasiga yordam berdi.

Qiziloy jamiyati, oziq-ovqat qutilarini Saint Joseph nomidagi cherkov rahbarlariga topshirdi.

Turk Qiziloy jamiyati raisi o’rinbosari Mintez Shimshek, yordamlarni topshirar ekan jurnalistlarga bergan intervyusi mobaynida, iyun oyida, Iroqda to’qnashuv boshlanganidan beri qochoq ravishda yashaganlarning “hech birini ajratmasdan” yordam qo’lini uzatib kelganliklarini aytdi.

Xristian qochoqlariga shu bilan to’rtinchi marotaba yordam berganliklarini aytgan Shimshek, “Umid qilamizki bu yerda hech kim yordamga muhtoj bolmaydi. Eng qisqa vaqtda bu yerdagi to’qnashuvlar tugaydi. İnsonlar ham avvalgidek o’z tirikchiliklariga qaytadi” dedi.

Cherkov rahbari Salim Saka ham, yordamlari uchun Turk Qiziloy jamiyatiga minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga yordamlarining davom etishini xohlaganlikalrini-da aytib o’tdi.

Mintaqaning tinchlik va xotirjamlik ichida yashashi uchun Turkiyaning hissa qoshishini kutganligini aytgan Saka, “Turkiya bugun Iroqda siyosiy kuch. Ushbu siyosiy kuchning, tinchlik va xotirjamlik olib kelishi uchun foydalanishini umid qilamiz. Shu bilan birga hech kimni ajratmasdan bizga besh marotaba yordam berganligi uchun Turkiya xalqi bilan hukumatiga katta rahmat” dedi.

Iroq Turkman mintaqasi deputati Aydin Maruf esa, Turkiyaning, ushbu mintaqaga, jami 600dan ortiq yuk tashuvchi transport orqali moddi yordam yuborganliklariga e’tiborlarni qaratdi.

Qiziloy jamiyati shu bilan birga Erbilda yashagan 100 nafar turkman va yezidi oilasiga ham oziq-ovqat tomonidan yordam berdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar