Vladimir Putin Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyadan Turkiyaga sotilayotgan tabiiy gaz bahosini 6% arzonlashtirishini ma’lum qildi.

211142
Vladimir Putin Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha Turkiyaga tashrif buyurdi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Putin o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar, energiya mavzuida hamkorlikni yanada rivojlantirish, Suriya va İroqdagi vaziyat muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiya bilan Rossiya energiya bo’yicha “Janubiy oqim” loyihasiga doir kelishuv yo’lga qo’ydi.
Ma’lum bo’lishicha, kelgusida bunga doir katta tashabbuslar amalga oshiriladi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning Rossiyadan sotib olayotgan tabiiy gaz bahosini 6% arzonlashtirishini ma’lum qildi.
Bu doirada sotish hajmi yana 3 milliard kuba metr oshiriladi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Suriya masalasi bo’yicha fikrlar farqli ekanini, lekin umuman olib qaralganda masalaga yechim topish jihatidan kelishib olinganini bildirdi.
Terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikda ish yuritish zarurligini aytib o’tgan Erdog’an, Beshar Asad davrida 300 ming aholi nobud bo’lganini, shu sababli Suriya masalasiga mazhab jihatidan yondashmaslik kerakligini ta’kidlab o’tdi.
Qolaversa, terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Rossiya va Eron bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatish mumkinligini tilga oldi.
Suriyadagi ichki nizoga yo’l qo’ymaslik borasida Turkiya bilan hamfikr ekanini bildirgan Putin, “İroqda bo’lganidek, terror tashkilotlari mintaqani qo’lga olishiga qarshimiz”-dedi.
Vladimir Putin ayni paytda, Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu bilan ham uchrashdi.
Davutog’lu bo’lib o’tgan uchrashuvda, Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi aloqalar tarixiy ahamiyatga ega ekanini va boshqa davlatlarga namuna bo’lishini tilga oldi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa, “Dunyoda ro’y bergan hodisalarga doir fikrlarimiz farqli bo’lishi mumkin, lekin o’zaro manfaatlarimiz shunchalik bir-biri bilan chambarchas bog’liq-ki, hamkorligimizni mustahkamlashtirishdan boshqa choramiz yo’q”-dedi.
Turkiyadagi rasmiy uchrashuvlarini yakunlagan Putin Rossiyaga jo’nab ketdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar