Ahmet Davutog’lu Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashida...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu kecha İstanbulda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi umumiy yig'İlishiga qatnashdi.

186024
Ahmet Davutog’lu Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashida...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu kecha İstanbulda Ak partiyaning Kuchukchekmejedagi yig’ilishiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi umumiy yig’ilishiga qatnashdi.
Bosh vazir yig’ilishda so’zga chiqib, Mesjid-i Aksaga qilingan hujum hamda Falastin masalasiga e’tiborsiz yondashgan davlatlarni tanqid qildi.
Davutog’lu: “Mesjid-i Aksani hamma unutsa ham biz unutmaymiz. Butun dunyoda Mesjid-i Aksaning va Quddusning himoyachilari bo’ladi”-dedi.
Ahmet Davutog’lu Mesjid-i Aksa butun musulmonlarning va insoniyatning sharafi ekanini va u sharafning saqlab qolinishi kerakligini tilga oldi.
Shuningdek, Davutog’lu hozirda mavjud bo’lgan siyosiy iroda bilan Turkiyada tushuncha, uslub va vazifalar o’zgarganiga e’tibor qaratdi.
Yig’ilishda tadbirkorlarga hitob qilgan Davutog’lu “Tevaragingizni kengaytiring, tashabbuskor ruhingizni qo’ldan boy bermang”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar