İstanbulda yangi metro tarmog’i ochildi

İstanbulga kelgan turistlar Otaturk aeroportiga yangi metro orqali yana ham qulay borish imkoniyatiga ega bo’ladi.

181846
İstanbulda yangi metro tarmog’i ochildi

İstanbulda yangi metro tarmog’i yakshanba kuni xizmat bera boshlaydi.

İstanbulga kelgan turistlar Otaturk aeroportiga yangi metro orqali yana ham qulay borish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Yenikapi-Aksaray metro tarmog’ining ochilish marosimiga Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu ishtirok etadi.
Yangi metro orqali Kartal va Otaturk aeroporti o’rtasidagi masofa 81 daqiqaga tushiriladi.
Bu tarmoq yordamida To’pkapi-Sultanchiftligi va Avtobus stansiyasi-Bashakshehir metro tarmoqlari bilan Merter-Bag’jilar tramvay yo’li Marmaray tarmog’iga ulanadi.
Aeroportdan kelgan yo’lovchilar Yenikapidan Marmaray orqali Kadiko’y-Kartal metrosiga o’tishi mumkin.
Ayni tarmoq vositasida Yenikapidan metro bilan Taksim, Levent, Mejidiyeko’y, Maslak va Hajiosmanga yana ham qulay borish mumkin.
Yangi metroning ochilish marosimi 9 noyabr kuni soat 11:00 da Aksaray metro stansiyasida amalga oshiriladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar