Mahmud Abbas, Abdulloh Gul va Bosh Vazir Erdog’an uchrashdi

Turkiyaga tashrif etgan Falastin Davlat Rahbari Mahmud Abbas, kecha İstanbulda Prezident Abdulloh Gul bilan uchrashdi.

64337
Mahmud Abbas, Abdulloh Gul va Bosh Vazir Erdog’an uchrashdi

Mahmud Abbas, Abdulloh Gul va Bosh Vazir Erdog’an uchrashdi.
Turkiyaga tashrif etgan Falastin Davlat Rahbari Mahmud Abbas, kecha İstanbulda Prezident Abdulloh Gul bilan uchrashdi.
Gul, uchrashuvdan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida, so’ngi uchrashuvdan keyin Falastinda muhim o’zgarishlar bo’lganini, milliy kelishuv o’rnatgan Falastin Davlatining xalqaro maydonlarda ham muhim ozgarishlarga hissa qo’shganini izohladi.
Gul, so’ngi kunlarda İsroil tomonidan uyushtirilgan hujumlarning ham Falastin xalqi ham kelishuv hukumatini nishonga olganini bildirdi.

Abbas va hamrohligidagilarning voqealar haqqida o’ziga ma’lumot berganini ifoda etgan Gul, buning uchun Abbasga minnatdorchilik izhor etdi.

Ambargolar ostiga katta qiyinchiliklar yashagan Falastin xalqiga shoshilinch yordam yetkazish kerakligini ifoda etgan Gul, “Davomli sulh tuzish va ikki davlat sifatida yakuniy yechim topish kerak” deb bildirdi.

Gul, har doim bo’lgani kabi Turk xalqining Falastin xalqi va Falastin dav’dosini qo’llab-quvvatlaganiga diqqat qaratdi.
Falastin Davlat Rahbari Mahmud Abbas ham ma’ruzasida Falastindagi o’zgarishlar haqqida ma’lumot berdi.
Turkiyani Falastin masalasida muhim bir o’lka sifatida ko’rganliklarini, Turkiya bilan davomli aloqada bo’lganliklarini bildirgan Abbas, “BMT da Turkiyaning bizga bergan dastaklari va zimmasiga olgan vazifalari bizni mamnun etmoqda” deb ma’ruza qildi.
İsroilning Falastinliklar o’rtasida kelishuv va birdamlik bo’lishini istamaganini ifoda etgan Abbas, “İsroil bizning BMT ga va xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishimizni istamayapti. Poytaxti Quddus bo’lgan mustaqil bir Falastin davlatining bo’lmasligi uchun İsroil davomli turli bohonalar chiqarmoqda” dedi.
Mahmud Abbas keyinchalik Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog’an bilan AK Partiya İstanbul tuman Rahbariyatining iftor ziyofatiga qatnashdi, ortidan, ikik lider Dolmabahchedagi Bosh Vazirlik Ofisida uchrashdi.
Matbuotga yopiq bo’lib o’tgan uchrashuvda, İsroilning G’azoga qarata harbiy amaliyotlari bilan tegishli, Turkiyaning bu jarayonda qanday rol olishi muhokama qilindi.
İkki o’lka o’rtasidagi aloqalar ham ko’zdan kechirilgan uchrashuvdan keyin bir baynot berilmadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar