Turk Qurolli Kuchlari kuchiga-kuch qo'shishga davom etmoqda

3 ta Taktika va Kashfiyot vertolyoti ATAK, kuni kecha Quruqlik Kuchlari Qo'mondonligiga topshirildi.

90025
Turk Qurolli Kuchlari kuchiga-kuch qo'shishga davom etmoqda

Turk Qurolli Kuchlari kuchiga-kuch qo'shishga davom etmoqda.

3 ta Taktika va Kashfiyot vertolyoti ATAK, kuni kecha Quruqlik Kuchlari Qo'mondonligiga topshirildi.

Marosimga Prezident Abdulloh Gul, Majlis Rahbari Jemil Chichek, Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog'an bilan Armiya Generali Nejdet O'zel qatnashdi.

Terrorga qarshi kurashda faol ishlatiladigan ATAK vertolyotlari har turli amaliyotga tayyor vaziyatda ishlab chiqarildi.

T129-ATAK, kuchli motori bilan qo'shimcha yoqilg'i quyilmasdan 519 Km. parvoz qila oladi.

Vertolyotlarning ustida 500 to'p o'qi, 16 lazer markazli raketa, 8 uzoq manzilni nishonga olgan raketa o'rnatilishi mumkin.

ATAK vertolyotlarga milliy xabarlashuv sistemasi va milliy xarita sistemasi ham o'rnatildi.

Uchuvchilarning qulay harakat etishi uchun kaskalariga uzoqdan boshqaruv jihozi joylashtirildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar