İstanbulda yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

İstanbuldagi 3-aeroport 150 million yo’lovchi hajmiga ega bo’lib, dunyo bo’yicha eng katta aeroportlardan biri bo’ladi.

86626
İstanbulda yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

İstanbulda dunyoning eng katta xalqaro aeroportlaridan biri qurilmoqda.
Kecha Bosh vazir R.T.Erdog’an tomonidan mazkur aeroportning poydevorini qurish marosimi o’tkazildi.
Erdog’anning aytishicha, İstanbuldagi 3-aeroport 150 million yo’lovchi hajmiga ega bo’lib, dunyo bo’yicha eng katta aeroport bo’ladi.
Erdog’an bu loyiha Turkiya Respublikasining 91 yillik tarixida eng muhim loyihalardan biri ekanligini bildirib, “Biz bu yerda nafaqat yangi aeroport insho etyabmiz, balki g’alaba obidamizni barpo etyabmiz”-dedi.
Mazkur aeroportning birinchi bosqichi 2017 yilning 29 oktyabr kuni xizmatga tushiriladi.
Xozirgi Otaturk aeroportidan 7 barobar katta qilib quriladigan aeroport, 150 million yo’lovchi hajmiga ega bo’ladi.
Shuningdek, İstanbulning geografik tuzilishi jihatidan tranzit yo’lovchilar eng ko’p afzal ko’rgan markazlardan biriga aylanadi.
6 nafar mustaqil qo’nish maydoni va 500 ta samolyot uchun maxsus to’xtash joyi mavjud bo’ladigan aeroportda stansiyalararo transport qatnovi poyezdlar vositasida amalga oshiriladi.
İstanbulga shimoliy Marmara transport yo’li orqali ulanadigan aeroportdan shahar markaziga borish uchun rayli sistema quriladi.
Qurilishi 2018 yilda yakunlanishi rejalangan aeroport 63 million yo’lovchi hajmiga ega bo’lgan Londondagi Heathow aeroporti bilan 45 million yo’lovchi hajmiga ega bo’lgan Frankfurt aeroporti bilan raqobatlashadi.
Aeroportni qurish jarayonida 100 ming kishiga ish imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.
Tenderda 5 shirkatdan tashkil topgan hamkor shirkatlar guruhi 26 milliard evro bilan loyihaning qurilishini zimmasiga oldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar