Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an xalqqa hitob qildi

Erdog’an:“Mustaqil irodangiz bilan saylovda ovoz berib Turkiya Respublikasining Prezidentini saylaysiz”-dedi.

79000
Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an xalqqa hitob qildi

Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an xalqqa hitob qildi.


Erdog’an, “Millatga xizmat yo’lida” nomli ma’ruzasida Somadagi ma’dan fojiasiga to’xtalib, voqea javobgarlari aniqlanishini bildirdi.


Bu hodisani hech kim bosti-bosti qila olmasligini, bu masala bilan shahsan o’zi shug’ullanishini tilga olgan Erdog’an, “Suiste’mol, tadbirsizlik, loqaydlik va kamchiliklar aniqlanib zarur choralar ko’riladi. Bunday voqealarning takrorlanmasligi uchun barcha chora-tadbirlar olinadi, nazorat kuchaytiriladi”-dedi.
Bosh vazir Erdog’an prezidentlik saylovi oldidan ko’chalarda notinchlik yaratmoqchi bo’lgan guruhlarni ham ogohlantirdi.


10 avgust kuni bo’lib o’tadigan saylovlar oldidan ba’zilari takror noo’rin tashabbuslarga qo’l urishi mumkinligini eslatgan Erdog’an, “Sizlar bu tashviqotlarga bo’yin egmasdan mustaqil irodangiz bilan saylovda ovoz berasiz va Turkiya Respublikasining Prezidentini saylaysiz”-dedi.
Erdog’an Germaniya safari chog’ida nemis mediasining munosabatiga e’tiroz bildirdi.


Germaniya mediasining katta qismi ziyoratni qoralash maqsadida millatchi ifodalarni tilga olishdan tortinmaganligini bildirgan Erdog’an, “Sukunat saqladik, lekin bu fursatdan foydalanib Yevropadagi asosan musulmonlarga, turklarga, ko’chmanchilarga mo’ljallab sodir qilingan irqchi hujumlarga ham e’tibor jalb qildik. Umid qilamanki, Yevropa tobora avj olib borayotgan bu chet el dushmanligi va irqchi hujumlarga qarshi chora ko’radi”-dedi.
Bosh vazir Erdog’an İstanbulning qo’lga kiritilishining 561 yilligi munosabati bilan Fatih Sulton Mehmetni yodga olgan holda so’zlagan nutqini yakunladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar