Erdo’g’an, Boshqa davlatlar bilan ham Afg'oniston bo'yicha muzokaralarimiz bor

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an, “Boshqa davlatlar bilan ham Afg'oniston bo'yicha muzokaralarimiz bor” dedi Erdo'g'an Istanbuldagi bayonotida, Islom olami, ayniqsa G'arb dunyosi, Afg'onistonga kerakli g'amxo'rlikni ko'rsatmasligini bildirdi.

1694626
Erdo’g’an, Boshqa davlatlar bilan ham Afg'oniston bo'yicha muzokaralarimiz bor

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an,

“Boshqa davlatlar bilan ham Afg'oniston bo'yicha muzokaralarimiz bor” dedi

Erdo'g'an Istanbuldagi bayonotida, Islom olami, ayniqsa G'arb dunyosi, Afg'onistonga kerakli g'amxo'rlikni ko'rsatmasligini bildirdi.

Prezident Erdog'an,

"Biz barcha imkoniyatlarimiz bilan Afg'oniston uchun ham infratuzilma, ham yuqori tuzilma borasida kerakli  sa’y-harakatni  ko'rsatdik va biz hali ham o'z ishimizni davom ettirmoqdamiz." Deb qayd etdi.

Erdo'g'an, hozirda Turkiyada ro'yxatdan o'tgan va ro'yxatdan o'tmagan 300 ming afg'on muhojiri borligini aytdi.

"Hozirgi vaqtda biz voqealar rivojini kuzatmoqdamiz. Voqealar rivojini kuzatar ekanmiz, biz Afg'oniston siyosati bilan  ham yaqindan tanish bo'lgan davlatlar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Birinchidan, bizning Tashqi ishlar vazirligimiz bu davlatlar bilan uchrashuvlar o'tkazadi, masalan, NATOda bunday yig'ilish bor. Ertaga Tashqi ishlar vazirligimiz u yerda uchrashuvlar o'tkazadi ". dedi  Rajab Toyyib Erdo’g'an.

"Agar kerak bo'lsa, biz Tolibon bilan ham muzokara olib borishimiz mumkin,  bir haqiqat bor  va bu masala bo'yicha eshik taqillaganda, biz eshikni ochamiz va muzokaralar o'tkazamiz".  Deb ta’kidladi.

Yakshanba kuni poytaxt Kobulni qamal qilgan Tolibon prezident Ashraf G'ani mamlakatni, hukumat qo'shinlari esa poytaxtni tark etishi bilan shaharni ziddiyatsiz nazoratga oldi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar