Turkiya Sebastian Kurzning afgʻon qochqinlari haqidagi soʻzlarini tanqid qildi

Turkiya Avstriya kansleri Sebastian Kurzning afgʻon qochqinlari haqidagi soʻzlarini tanqid qildi.

1680606
Turkiya Sebastian Kurzning afgʻon qochqinlari haqidagi soʻzlarini tanqid qildi

Turkiya, Avstriya kansleri Sebastian Kurzning afgʻon qochqinlari uchun Turkiyani “yana-da yaxshiroq yer” deb koʻrsatgan ifodalarining hayrat bilan qarshi olinganini bildirdi.

Mavzu haqida berilgan savolga qarshi yozma ravishda javob bergan Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Tanju Bilgich,

“Butun dunyoga ta’sir qilgan va hammaning mushtarak masalasi hisoblangan tartibsiz migratsiya muammosini hal qilish uchun birgalikda harakat qilish va hamkorlikni ta’kidlash oʻrniga, -qochqinlar bu yerga kelmasin, boshqa tomonga ketsin- deyishlik ham xudbinlik ham da hechkimga foydasi yoʻq yondashuvdir. Turkiya mintaqadagi migratsiya inqirozi natijalarini koʻtarmaydi va yangi migratsiya toʻlqinini oʻz zimmasiga olmaydi. Bu munosabatingizni har qanday yoʻl bilan, har qanday darajada tegishli joylarga yetkazib, Turkiyaning Yevropa ittifoqi chegarachisi yoki muhojirlar lageriga aylanmasligini ta’kidlaymiz”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Bilgich oʻz soʻzini, “Avstriya kansleri Sebastian Kurzning bir gazetaga bergan intervyusida afgʻon muhojirlar uchun -Turkiyani yana-da yaxshiroq yer- deb koʻrsatgan ifodalarini hayrat bilan qarshi oldik. Eng avvalo Turkiya kansler Kurz ifoda etganidek Afgʻonistonga qoʻshni mamlakat emasdir”. - deya tamomladi.



Aloqador xabarlar