Turkiya oliy o‘quv yurtlarini bu yil 3000 nafarga yaqin chet ellik talaba tamomladi

Chet ellik talabalarga bag‘ishlagan navbatdagi bitiruv kechasi, “Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar” boshqacha qilib aytganda YTB yetakchiligida poytaxt Anqarada uyushtirildi.

1672090
Turkiya oliy o‘quv yurtlarini bu yil 3000 nafarga yaqin chet ellik talaba tamomladi

Turkiya oliy o‘quv yurtlarini bu yil 3000 nafarga yaqin chet ellik talaba tamomladi.  

Chet ellik talabalarga bag‘ishlagan navbatdagi bitiruv kechasi, “Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar” boshqacha qilib aytganda YTB yetakchiligida poytaxt Anqarada uyushtirildi.

Unda Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Serdar Cham, YTB rahbari Abdullah Eren va ba’zi mamlakatlarning Anqaradagi elchilari bilan dunyoning 71 davlatidan kelgan 200 nafar talaba ishtirok etdi.

YTBning ba’zi oldingi bitiruvchilari esa marosimga onlayn tarzda ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqan YTB rahbari Abdullah Eren:

“Bu yil bitiruvchilarimiz soni 2 ming 300 nafardan ortiq bo‘lishiga qaramay sizlar bilan faqatgina 200 talabamizni uchrashtiryapmiz. Turkiyaning turli shaharlarida yaxshi universitetlarda turli darajada ta’lim olgan bitiruvchilarimiz hozirda shu yerdalar”.- dedi.  

Dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida Turkiyada ta’lim olgan bitiruvchilar borligini o‘z so‘ziga ilova etgan Eren, 70 dan ortiq mamlakat nomidan bitiruvchilar va ular oilalarining ham ushbu marosimda onlayn tarzda ishtirok etayotganini qayd etdi.

Mukofotga loyiq deb topilgan ba’zi talabalarning videolavhalarining namoyish etilishi ortidan, mukofatlari taqdim etildi.

Hamon ortidan esa bitiruv kechasiga o‘tildi.

Turkiya stipendiyalari filmi namoyishi va bitiruvchilarning chiqishlaridan so‘ng Kolumbiya va Ekvadordan kelgan ikki bitiruvchi oilasiga sovg‘alar topshirildi.

Madaniyat va turizm vaziri Ersoy, Turkiyadagi oliy o‘quv yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan chet ellik talabalarga topshirdi sovg‘alarini.

Turkiya stipendiyalari uchun bu yil dunyoning 178 davlatidan 165 ming 500 talaba murojaat qildi.

Bugungi kunga kelib Turkiyada tahsil olayotgan chet ellik  talabalardan taxminan 15 ming nafari Turkiya stipendiyalari loyihasidan foydalanmoqda. Bu yil dunyoning 104 davlatidan 3 ming nafarga yaqin talaba o‘quv yilini tamomladi.

 


Tanlangan kalimalar: #YTB , #Abdullah Eren , #chet ellik talabalar

Aloqador xabarlar