Bugun Turkiya bilan Rossiya munosabatida tarixiy sana

Moskva shartnomasiga bugun 100 yil to‘ldi!

1602409
Bugun Turkiya bilan Rossiya munosabatida tarixiy sana

Turkiya, Rossiya bilan hamkorlikning mintaqaga hissa qo‘shgan ravishda davom etishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Hukumati bilan Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi o‘rtasida 1921 - yilning 16 - marti kuni qo‘l qo‘yilgan “Do‘stlik va qardoshlik shartnomasi”ning 100 - yilligi munosabati bilan yozma ravishda bayonot berdi.

Bayonotda, mushtarak tarix sahifalarida “Moskva shartnomasi” degan nom ostida qayd etilgan ushbu hujjatning, turk - rus munosabatlarida muhim o‘rni borligiga e’tibor qaratilgan holda, ikkala mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar tashkil topganidan bir yil keyin qo‘l qo‘yilgan bu shartnomaning, davrning shartlari ichida yuklangan siyosiy ahamiyatdan tashqari bugungacha o‘z kuchini yo‘qotmagan huquqiy natijalar ham tug‘dirgani qayd etildi.  

“Moskva shartnomasi”ning TBMM Hukumati bilan Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi o‘rtasidagi birinchi shartnoma bo‘lish xususiyatiga ega ekani yodga solingan bayonotda, yosh Respublikaning sharq chegaralarini belgilab olar ekan ayni vaqtda Sovet Rossiya bilan Birinchi Jahon urushidan keyingi davrda namoyish etilgan birdamlik va hamkorlikka ham zamin tayyorlagani ta’kidlandi.  

Bayonotda,

“Turkiya bilan Rossiya Federatsiyasi, bugungi kunda o‘zaro va mintaqaviy masalalarda muloqat va hamkorlik olib bormoqda. Bu hamkorlik tushunchasining kelajakda ham o‘zaro munosabatlarimizdan tashqari mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va farovonlikka hissa qo‘shadigan darajada davom etishiga ishonchimiz komil”. - deyildi.



Aloqador xabarlar