Chavusho‘g‘lu Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasiga tashrif uyushtirmoqda
Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Mevlut Chavusho‘g‘lu 5 - 10 mart kunlari Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasiga tashrif uyushtiradi. Bu haqida Tashqi Ishlar vazirligining rasmiy veb - saytida ma’lum qilindi.
Chavusho‘g‘lu ushbu tashrif doirasida Turkmaniston Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulukbek Maripov va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari shuningdek investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov bilan uchrashuv o‘tkazishi, Turkiya - O‘zbekiston Strategiyasini rejalashtirish guruhining ikkinchi va Turkiya - Qirg‘iziston Strategiyasini rejalashtirish guruhining beshinchi yig‘ilishinig uyushtirilishi va Samarqand Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Ushb utashriflar doirasida o‘zaro va mintaqaviy masalalar ham qo‘lga olinadi.
Aloqador xabarlar
Ali Asadov Prezident Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi
Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov amaliy tashrif bilan Turkiyada.
Hakan Fidan BAAga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan BAAga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.