Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi boshlandi

Mazkur yig’ilish global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bag’ishlangan. Erdo’g’an vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng, olingan yangi qarorlarni e’lon qiladi.

1585624
Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi boshlandi

 

Prezident saroyida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi boshlandi.

Bu joriy yilda o'tkazilgan ikkinchi vazirlar kengashi yig’ilishi bo’ldi. Mazkur yig’ilish global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bag’ishlangan.

Yig’ilishda koronavirusga qarshi kurash bo’yicha komissiya tavsiyalari doirasida bir qator yangi qarorlar qabul qilinadi.

Shuningdek, faoliyati cheklangan ishxonalarning ma’lum bir chora-tadbirlar olingan holda qayta ochilishi muhokama qilinadi.

Ayni vaqtda dam olish kunlari joriy etilgan komendantlik soati rejimini davom ettirib yoki ettirmaslik, maktablarning qachon ochilishi kabi masalalar ham yig’ilish kun tartibiga kiritilgan.

Bundan tashqari, Turkiyada olib borilayotgan koronavirusga qarshi emlash jarayoni, Xitoy va Germaniyaga buyurtma berilgan vaksinalar va mahalliy vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari ham yig’ilish kun tartibidan joy olgan.

Erdo’g’an vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng, olingan yangi qarorlarni e’lon qiladi.



Aloqador xabarlar