Chavusho‘g‘lu, Bidenning Turkiya haqidagi ifodalarini “johillardek berilgan bayonot” deb baholadi

Mevlut Chavusho‘g‘lu, amaliy tashrif bilan Dominik Respublikasida bo‘lar ekan u yerda amerikalik kasbdoshi Mike Pompeo bilan uchrashdi.

1474035
Chavusho‘g‘lu, Bidenning Turkiya haqidagi ifodalarini “johillardek berilgan bayonot” deb baholadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Amerika Qo‘shma Shtatlarining bu yilgi prezidentlik saylovlaridagi demokratik partiya nomzodi Joe Bidenning Turkiya haqidagi janjanlga yo‘l ochuvchi ifodalari borasida,

“Biz bunday ayblovlarni tubdan rad etamiz. Bu, turk xalqini ham tanmagan johillardek berilgan bayonotdan iborat.” dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, amaliy tashrif bilan Dominik Respublikasida bo‘lar ekan u yerda amerikalik kasbdoshi Mike Pompeo bilan uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu, ushbu uchrashuv haqida bergan bayonotida, Pompeo bilan kun tartibi masalalaridan tashqari Liviyani baholaganliklarini eslatib o‘tgan holda, AQSh bilan mutaxassislar ishtirokida maslahatlashuvlarni davom ettirish borasida qaror qabul qilganliklarini bildirdi.

Pompeoga, xarita orqali Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi munosabati va bu jarayondagi konstruktiv yondashuvi haqida aytganini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu, kasbdoshiga Turkiyaning huquqiy talabi va kontinental shelfi masalasida ham gapirib berganini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu,

“Gretsiya har doim qora propaganda payida. Turkiyaning nohaq ekanligini, xalqaro huquqqa amal qilmaganligini iddio etmoqda. Holbuki, biz qilganlarning hammasi, xalqaro huquqqa javob beradi.” deya gapirdi.

Chavusho‘g‘lu, Bidenning Turkiya haqidagi ifodalari borasidagi savolga qarshi, demokratik partiya nomzodining, 2014 – yili Turkiya haqida Yaqin Sharqda aytgan gaplari ortidan, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib kechirim so‘raganini eslatdi.  

Tashqi ishlar vaziri, bugungi kunda Turkiyaning judayam farqli Turkiya ekanlgini va turk xalqining bunday ayblovlarni tubdan rad etishini qayd etdi.

Dekabr oyida Bidenning, Turkiyada muxolafat guruhlarni qo‘llab – quvvatlash orqali hukumatni o‘zgartirishlari haqida janjalga yo‘l ochuvchi ifodalarga o‘rin berganligi oshkor bo‘lgandi.

Chavusho‘g‘lu Dominik Respublikasida yangi prezident Luis Abinader Koronaning qasam ichish marosimida ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar