Obamaning 1915 yil bilan aloqali so'zlariga norozichilik

Turkiya,Obamaning 1915 yil bilan aloqali bayonotlariga norozichilik ko'rsatdi.

476580
Obamaning 1915 yil bilan aloqali so'zlariga norozichilik

Turkiya, AQSh Prezidenti Barak Obamaning 1915 yil bilan aloqali bayonotlariga norozichilik ko'rsatdi.

Tashqi Ishlar Vazirligidan berilgan bayonotda "AQSh Prezidenti Obamaning 1915 voqealarida 2016 yil 22 Aprel kuni so'zlagan nutqida, I. Jahon Urushida sodir bo'lganlarni bir tomonli tarixni mulohaza etishining bir namunasi" deb bildirildi.

Turkiyaning Turk va Arman xalqarlari asrlardan beri birga yashagan, tinchlik ichida mushtarak kelajak qurishni istagnini, chin dildan izhor etganiga diqqat qaratgan bayonotida, "Do'st va Ittifoqdosh davlatlarning, bu chaqiriqlarga quloq solish o'rniga, to'qnashuvlarni ajvlantirganini mudofaa etgan muhitlarga jasorat bergani yoqimsiz" deb ifoda etildi.

Bugungacha tarixda maydonga kelganlarni siyosatda ishlatishning hech kimga naf keltirmasligi ifoda etilgan bayonotda, quyidagi ifodalar joy olmoqda: "Bu vaziyatda, har yil ma'lum tarixlarda boshqa o'lkalarning siyosiy uslubidan manfaat chiqarishga uringan muhitlar, do'stlik va tinchlikka rahna solish bilan qolmay, u davrdagi mushtarak dardu-alamga ham hurmatsizlik qilmoqda. Bu doirada, AQSh boshqaruvini tarixiy haqiqatlarni adolatli baholash, hammaning dardiga diqqat qaratish, tarafsiz va ijobiy uslub olib borishga chaqiramiz."

AQSh Prezidenti bayonotida, Arman tilida "Buyuk Falokat" ma'nosiga kelgan "Meds Yeghern" deb ifoda etdi.




Aloqador xabarlar